Arnasoyda to‘qimachilik sanoati rivojlanishi natijasida 200 ga yaqin xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlandi
2026-08-14 14:40:00 / Yangiliklar
Arnasoyda to‘qimachilik sanoati rivojlanmoqda
Arnasoy tumanida sanoat tarmoqlari kengayib, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan hududda to‘qimachilik, baliqchilik va turizm yo‘nalishlari ham rivojlanmoqda.
Qariyb 3 yil ishlamagan «Arnasoy Asset Tex» fabrikasi mahalliy investitsiyalar va bank ko‘magi asosida qayta ishga tushirilib, «Havvana» brendi ostida 120 dan ortiq turdagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Korxonada xalat, pijama, futbolka, sochiq kabi mahsulotlar tayyorlanib, maxsus naqsh va print tushirish xizmatlari ham yo‘lga qo‘yilgan.Ishlab chiqarish quvvatining tiklanishi natijasida 200 ga yaqin xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlanib, ular uchun o‘z hududida barqaror daromad manbai yaratildi.

