Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida Korrupsiya holatlarini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirilmoqda
2026-08-13 14:05:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi yig’ilish
Raislik qildi: Sh.Sulaymanov - Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari.
Qatnashdi: Jizzax viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bo‘lim boshliqlari, mutaxassis va xodimlari.
KUN TARTIBIDAGI MASALA:
1. O‘zbekiston Respublikasida 2026-yil 01-avgust kunidan 07-avgust kuniga qadar qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish to‘g‘risida.
2. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 03-avgust kungi 01/00-05/21-8289-son va 07-avgust kungi 01/00-05/21-8467-son xatlari ijrosi to‘g‘risida.
3. Korrupsiya holatlarini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirilishi to‘g‘risida.
Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma boshlig’ining o’rinbosari Sh.Sulaymanov so‘z olib, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, vazirlikning 2026-yil 03-avgust kungi 01/00-05/21-8289-son va 07-avgust kungi 01/00-05/21-8467-son xatlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinganligini, xodimlarga huquqiy targ‘ibot hamda manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirilib kelinayotganligini ta’kidlab o’tdi.
Boshqarma bosh yuriskonsul’ti S.Bobobekov so’zga chiqib,
vazirlikning 2026-yil 03-avgust kungi 01/00-05/21-8289-son va 07-avgust kungi 01/00-05/21-8467-son xatlari ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 26-mart kungi ““Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘RQ-1125-son Qonuni bilan 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-son Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilganligi, 2026-yil 23-iyuldagi “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1159-son Qonuni qabul qilinganligini slayd, annostatsiya va fleyrlar orqali hamda 2026-yil 01-avgust kunidan 07-avgust kuniga qadar qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari bilan tanishtirib, xodimlarga mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushuncha va ma’ruzasi tinglandi hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati ilova uchun taqdim qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis A.Ergashev so‘zga chiqib, amaldagi sohaga oid qonun va qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya qilinishi, korrupsiyaga yo‘l qo‘yish islohotlarga xiyonat ekanligini, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosiga qa’tiy amal qilgan holda ishlarni tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilariga tushunchalar berib o‘tdi.
Bundan tashqari, boshqarma bo‘lim boshliqlari va mutaxassislarning kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.
Bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, yig‘ilish quyidagicha
Q A R O R Q I L A D I :
1. 2026-yil 04-iyul kunidan 10-iyul kuniga qadar qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 03-avgust kungi 01/00-05/21-8289-son va 07-avgust kungi 01/00-05/21-8467-son xatlari rahbarlik, ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Boshqarma bosh yuriskonsul’ti S.Bobobekov va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis A.Ergashevlarning kun tartibidagi masala yuzasidan berilgan tushuncha va ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Boshqarma bo‘lim boshliqlari, mutaxassislar va xodimlariga:
- kelgusida yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlarning sohaga oid ijrosi ta’minlanib borilib, talablariga qat’iy rioya qilingan holda ish faoliyati davomida mazmun-mohiyati, ahamiyati aholi va xodimlarga yetkazilsin hamda tizimli targʻibot tadbirlari tashkil etilib borilsin;
- barcha xodimlar kelgusida ish faoliyati davomida manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiya va qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rib borilsin.







