Xodim ish haqining bir qismini kredit yoki kommunal to‘lovlar uchun o‘tkazishni so‘rashi mumkinmi?
2026-07-29 21:05:00 / Yangiliklar
Xodim ish haqining bir qismini kredit yoki kommunal to‘lovlar uchun o‘tkazishni so‘rashi mumkinmi?
📑 Mehnat kodeksining 271-moddasiga (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6264117)ko‘ra, xodimning yozma arizasi asosida ish haqi yoki uning muayyan qismi:
⚫️ bank muassasalaridan olingan ssuda va kreditlarni to‘lash;
⚫️ kommunal to‘lovlarni amalga oshirish;
⚫️ boshqa xarajatlarni qoplash
uchun belgilangan miqdor va muddatlarda o‘tkazilishi mumkin.
➡️ Bunday hollarda Mehnat kodeksining 270-moddasida (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6264112) nazarda tutilgan ish haqidan ushlab qolish bo‘yicha cheklovlar tatbiq etilmaydi.
