Ish haqidan ushlab qolish miqdorlarini cheklash
2026-07-29 21:00:00 / Yangiliklar
Ish haqidan ushlab qolish miqdorlarini cheklash
Mehnat kodeksining 270-moddasida (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6264112)har bir to‘lov vaqtida ish haqidan ushlab qolingan mablag‘larning umumiy summasi xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshmasligi belgilangan.
Ushbu cheklov quyidagi holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlik;
axloq tuzatish ishlari tarzida jazo tayinlangan xodimning ish haqidan ushlab qolish holatlari.
Bunday holatlarda ushlab qolish miqdori xodimga haqiqatda hisoblangan ish haqining 70 foizidan oshishi mumkin emas.

