Korrupsiyaga_qarshi_kurashamiz
2026-05-19 11:30:00 / Yangiliklar

Bugun, 19-may kuni Marg‘ilon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi X. Abdullayev ishtirok etdi.
Tadbir davomida tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, kelgusida xodimlar tomonidan salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Tadbir yakunida bo‘lim xodimlaridan kafolat xatlari olindi.
