Quvasoyda “Dolzarb qirq kunlik” ijrosi o‘rganildi
2026-07-23 17:45:00 / Yangiliklar
Dolzarb qirq kunlik

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov hamda Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev Quvasoy shahrida "Dolzarb qirq kunlik" doirasida aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Tashrif davomida drayver loyihalar, mahallalar ixtisoslashuvi, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda Bog‘bon mahallasidagi malinachilik kooperatsiyasi va yejivika plantatsiyalari faoliyati bilan tanishildi.
Mas’ullarga hududlarda ushbu yo‘nalishlarni kengaytirish, tomorqadan unumli foydalanish va kambag‘allikni qisqartirish ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.





