Farg'onada 5 mingdan ziyod yoshlar turli loyihalarga qamrab olinadi
2026-07-16 09:00:00 / Yangiliklar
"Dolzarb 90 kunlik" doirasida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, xorijiy tillarni o‘rgatish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi hamkorlik mexanizmi yo‘lga qo‘yildi.Bugun mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida 7 ta mas’ul tashkilot o‘rtasida qo‘shma qaror imzolandi. Ushbu hujjat asosida maktab bitiruvchilari va ishsiz yoshlarni mehnat bozori talablariga mos kasblarga o‘qitish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy tillarni o‘rgatish hamda xavfsiz mehnat migratsiyasiga tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etiladi.
Qo‘shma qaror doirasida 5000 nafar yoshni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni IT, sport, madaniyat va kitobxonlik yo‘nalishlaridagi loyihalarga keng jalb etish belgilangan.

