Boshqarma haqida
Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik Boshqarmasi to'g'risida vaqtinchalik
NIZOM
I-BoB. Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom Andijon viloyati· Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi (keyingi o'rinlarda Boshqarma)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
- Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Kamba-allikni kiskartirish va bandlik vazirligining buyruqlari va normativ-huquqiy hujjatlariga, Andijon viloyati hokimligining farmoyishi, qarorlari va normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik deb ataladi) tashkiliy tizimi bo‘lib, Vazirlik hamda tegishliligi bo‘yicha Andijon viloyati hokimligiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
4. Boshqarma, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan va idora bo'ysunuvidagi bo'linmalar yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muxrga va banklarga, o'zining mustakil balansiga, shaxsiy g'azna hisob varaqlariga, bank hisob varaqlariga ega.
5. Boshqarmaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to'liq nomi - Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, qisqartirilgani – mehnat boshqarmasi;
b) ingliz tilida:
to'liq nomi - Andijan Provincial Department of Poverty Alleviation and Employment, qisqartirilgani- labor department;
v) rus tilida:
to'liq nomi - Departament po sokraщeniyu bednosti i zanyatosti naseleniya Andijanskoy oblasti qisqartirilgani - departament truda
6. Boshqarmaning joylashgan yuridik manzili (pochta manzili): Andijon shahri, Navoiy shox ko'chasi, 126 uy.
7. Quyidagilar Boshqarma tizimiga kiradi:
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi aparati;
Kasbiy ko‘nikmalar markazlari;
Tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari;
Vaqtinchlik bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari.
8. Boshqarma o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruv o‘rganlari hamda boshqa organlari hududiy tuzilmalari, tuman (shahar) hokimliklari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
9.Tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari boshqarmaga va tegishli ravishda tuman (shahar) hokimliklariga bo‘ysunadi va hisob beradi.
10. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
II-BOB. Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining vazifa va funksiyalari
11. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning hamda viloyat hokimliginingi tegishli ko‘rsatmalari samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;
12. Quyidagilar boshqarma boshqarmaning vazifalari hisoblanadi:
Andijon viloyati hokimi, tuman (shahar) hokimlari, hududiy prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi o‘rinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;
- tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarilari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarilari va idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish.
- kambag'allikni qisqartirish sohasida:
- kambag'allikni qisqartirish bo'yicha strategiya dasturlami isblab chiqish va amalga oshirish;
- aholi daromadlari tabaqalashuvini o'rganish va maqsadli dasturlari bilan o'zaro muvofiqlashtirish; .
- xududlaming salohiyatini kambag'al aholi daromadini oshirishga safarbar etish;
- "mahallabay" isblash tizimi orqali kambag'al aholi bilan manzilli ishlash.
- Mahallabay isblash tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka jalb qilish; aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha xokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
- tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishni yangi yondashuvlarini isblab chiqish va amalga oshirish;
- hokimliklar bilan tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish
mahallalarda kambag‘al oilani aniqlash, uni Kambag‘al oilalar reestriga kiritish, kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan choralarni ko‘rish, reestrdan chiqarish jarayonlari «mahalla еttiligi» tomonidan hamkorlik asosida quyidagi tartibda amalga oshirilish:
- oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejaning samaradorligi va natijadorligi monitoring qilib boriladi.
b) «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi nazarda tutuvchi «Kambag‘al oilalar uchun еttita imkoniyat va mas’uliyat» tamoyili asosida amalga oshiriladi:
- barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish — tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish, еtakchi tadbirkorlarni jalb qilish, tomorqadan samarali foydalanish, «drayver» loyihalarni amalga oshirish
- kambag‘al oilalarga ekin maydonlarini ijaraga berish, ularga kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter kabi vositalarni bo‘lib to‘lash sharti bilan berish;
- ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganish — kambag‘al oilalar farzandlarining maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, oilaning kamida bitta farzandini xorijiy tillarga, kasb-hunarga yoki mutaxassislikka o‘qitish,
- davlat organlari xodimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish — barcha bo‘g‘indagi davlat hokimiyati organlari kambag‘al oilalar bilan muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishi, birdamlikda harakat qilishi kambag‘al oilalarga biriktirish, ularning muammolarini birgalikda еchishga ko‘maklashish.
v) aholi bandligiga ko'maklashish va mehnat munosabatlari sohasida:
- aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasidagi va boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;
- ishga joylashtirish, o‘qitish va malaka oshirish, malakani baholash xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;
- kovorking-markazlar tashkil etish va ularni saqlab turish moliyalashtirilishini tashkil qilish bo‘yicha tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni aniqlash va ularning hisobini yuritish —iqtisodiyotning rivojlanib kelayotgan tarmoq va sohalarida mehnat resurslariga bo‘lgan talabni prognoz qilish, mehnat bozoridagi tarkibiy muammolarni aniqlash va nomutanosibliklarning oldini olish
- aholi bandligini ta’minlash dasturlarini shakllantirish, bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish — har yil uchun hududlar, tarmoq va sohalar kesimida aholi bandligini ta’minlash dasturini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish
- Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hisobini yuritish va monitoring qilish, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirishni tashkil etish va ish beruvchilar bilan bog‘lash;
- kasbiy standartlarni ishlab chiqish, kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, talab yuqori bo‘lgan kasb va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish, standartlar asosida malakani baholash xizmatlari bozorini tartibga solish, sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish;
- munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat me’yorlariga rioya etilishini o‘rganish, mehnat huquqini ta’minlash hamda mehnatni muhofaza qilish
- munosib mehnat tamoyillari, mehnat munosabatlarini tartibga solishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, mehnat huquqlarini himoya qilish, shuningdek, mehnat xavfsizligi va gigienasi hamda munosib mehnat sharoitlarini ta’minlashda ishtirok etish va muvofiqlashtirish.
- Boshqarma qonun xujjatlariga muvofik boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
- Boshqarmaning o'ziga yuklangan funksiyalari:
a) kambag'allikni qisqartirish sohasida:
- iktisodiy o'sishning inklyuzivligini tahlil qilish va ta'minlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, halqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kambag'allikni qisqartirish bo'yicha strategiya va dasturlami ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiklashtirishadi:
- kambag'allikni qisqartirishning aniq dastak va _mexanizmlarini ishlab chiqish, horij tajribasini inobatga olgan holda kambag'allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyotini, ijtimoiy ta'minotning minimal standartlari me'yoriy asoslarini ishlab chiqadi
- milliy barkaror rivojlanishning maqsad va vazifalariga erishish chora tadirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal iste'mol savatchasini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini o'rganish bo'yicha tizimli ishlami olib borish hamda ulaming davlat maqsadli dasturlari bilan o'zaro muvofiqligini ta'minlaydi.
- ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi tomonidan ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, uy-joy, bandlik, ta’lim, xulq-atvor yo‘nalishlarini qamrab oluvchi oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual reja ishlab chiqishda ko‘maklashish;
- kambag‘al oilalarga — daromadli mehnat faoliyati bilan band qilish va tadbirkorlikka jalb qilish yo‘nalishida hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash va ta’lim yo‘nalishlarida hamrohlik qiladi;
- Kambag‘allikni qisqartirish — kambag‘allik dinamikasi va tarkibini tahlil qilish, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish individual rejalarining ishlab chiqilishini tashkil etish va ijrosini muvofiqlashtirish
- Aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni joylarga chiqqan holda o‘rganish hamda natijasi bo‘yicha «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlik va viloyat hokimligiga har oyda ma’lumot kiritib borish;
- Hokim yordamchilar tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli loyihalar bilan ishlash ko‘nikmasi va malakasini oshirib borishni doimiy tahlil qilish, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
b) aholi bandligiga ko'maklashish va mehnat munosabatlari sohasida:
- aholi bandligini ta'minlashga doir maqsadli kompleks chora- tadbirlarni ishlab chiqish, yangi ish o'rinlari tashkil etish uchun davlat buyurtmasini va aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ishga joylashtirish uchun kvotalar belgilash masalalarini amalga oshiradi;
- murojaat qilgan ishsizlaming ishga joylashtirilishini ta'minlash, aholini jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb qilish, birinchi navbatda, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yo'l va uy-joy-kommunal inftatuzilma ob'ektlarini ko'rish, ta'mirlash va rekonstruksiya qilish, shahar. va tumanlami obod qilish, mavsumiy qishlok xo'jaligi ishlarini tashkil etish orqali jalb qiladi;
ishga muhtoj shaxslarni, ayniqsa band bo'lmagan yoshlami, nogironligi bo'lgan shaxslarni va ishsizlami iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining real extiyojlaridan kelib chiqib, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish masalalari bilan shug'ullanadi:
- mehnat va bandlikni muhofaza qilish, mehnat sharoitlarini ekspertizadan o'tkazish mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy rag'batlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo'yicha aniq chora- tadbirlarni amalga oshirish sohasidagi qonun xujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi:
- mehnat standartlarini joriy etish va mehnat munosabatlarini takomillashtiradi:
- mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish masalalari o'yicha aholi va ish beruvchilar o'rtasida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi:
- Boshqarma qonun xujjatlariga muvofik boshqa funksiyalarni ham
bajarishi mumkin.
III-BOB. Boshqarma va uning tuman (shahar) bo'limlari xuquqlari va majburiyati
- Boshqarma o'ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: _
Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog'lik normativ-xuquqiy xujjatlar loyixalariga, shuningdek boshqa xujjatlarga o'zgartirishlar kiritish va ishlab chiqish bo'yicha O'zbekiston RespuЫikasi Kambag'allikni qisqarirish va bandlik vazirligiga hamda viloyat hokimliga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
kambag'allikni qisqartirish, aholi bandligiga ko'maklashish, sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Kambag‘allikni qisqartirish uchun davlat tomonidan belgilangan dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish huquqiga ega;
Kambag‘al oilalarga yordam berish, ishsizlarga davlat subsidiyalari, ssudda va grantlar taqdim etish huquqi;
Kambag‘allikni qisqartirish maqsadida ish bilan ta’minlashni ta’minlash uchun bandlik dasturlarini ishlab chiqish va ularni muvofiqlashtirish.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni monitoring qilish, zarur tadbirlar va dasturlarni tahlil qilish, ma’lumotlar to‘plash va statistik hisobotlar tayyorlash.
Aholi orasida ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirish, xususan, ish o'rinlarini yaratish, malaka oshirish, qayta o'qitish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Aholining bandligini oshirish uchun kasbiy tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish. Shuningdek, ish o‘rinlariga mos keladigan tayyorgarlikni ta’minlash.
Aholining bandligini ta'minlash uchun mehnat bozoridagi talab va taklifni o‘rganish, tahlil qilish va prognozlash. O‘rta va uzoq muddatli mehnat bozoridagi ehtiyojlarni tahlil qilish va yangi kasblar va ish o‘rinlari yaratish uchun prognozlar ishlab chiqish.
15.Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda axborot so'rash va olish;
davlat statistika organlaridan boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarga doir zarur statistik ahborotni bepul olish;
tashkilotlarda mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun xujjatlariga, mehnat xavfsizligi standartlariga, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratiftkatsiya qilingan konvensiyalaming qoidalari va talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda o'rganish va tekshirish;
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ma'muriy jazolar berish;
16.Boshqarma va uning idoraviy bo'ysunuvidagi tuzilmalar davlat mulkini bir bo'linmadan boshqa bo'linmaga bepul foydalanish huquqdari asosida o'z tashkiliy tuzilmasi doirasida belgilangan tartibda o'tkazish;
tizimdagi jamg'armalar mablag'larini belgilangan tartibda tasarruf etish hamda ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazoratni ta'minlash ishlarini tashkil etish;
17.Boshqanna va uning idora bo'ysunuvidagi tuziimalari davlat mol mulkini beg'araz foydalanish huquqi asosida bir bo'linmadan boshqa bo'linmaga, o'z tashkiliy to'zilmasi doirasida balansdan balansga belgilangan tartibda o'tkazish, shtat jadvallarini muvofiklashtirish, idora bo'ysunuvidagi tashkilotlar moliya-xo'jalik faoliyati balanslari va hisobotlarini ko'rib chiqish;
idora bo'ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan markazlashgan kapital mabag'lardan samarali foydalanish yuzasidan nazoratni ta'minlash, bosh boshqarma tizimidagi ob'ektlami qurish va rekonstruksiya qi1ish bo'yicha istiqbolli dasturlar ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqish;
Boshqarma xududiy bo'linmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va xonalami realizatsiya qilish yoki buzish to'g'risida qaror qabul qilish xususida viloyat va tuman (shahar) hokimlariga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
idora bo'ysunuvidagi xo'jalik tashkilotlari (davlat unitar korxonalarida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi) tuzilmasini, shtatlar sonini, shu jumladan boshqaruv xodimlarini, mehnatga hak to'lash fondini, xarajatlar smetasini, avtotransport vositalari limitini belgilash;
Boshqarma va tuman (shahar) Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limlari, idoraviy tashkilotlar faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha ular tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularning xodimlarini moddiy rag'batlantirish tartii, hajmi va shartlarini belgilash;
idora bo'ysunuvidagi tashkilotlarda to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar bo'yicha tovarlar, ishlar va xizmatlar harid qilish;
Ishsiz fuqarolarni kasbga o'qitish markazida, band bo'lmagan aholiga xizmat ko'rsatuvchi «kasbiy ko‘nikmalar markazi»larida o'qitish, malaka oshirish va qayta o'qitish;
Respublika “Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazrilgi xodimlarining malakasini oshirish markazi"da tizim xodimlari malakasini oshirish;
Boshqarma va idora bo'ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan uchinchi shaxslarga pulli xizmatlar ko'rsatganlik uchun tariflar va ularning hajmlarini belgilash tartibini Iqtisodiyot va moliya Boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilash;
yangi ish o'rinlari tashkil etgan ish beruvchilarga, shuningdek aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga mansub shaxslarni, eng avvalo, kasb-xunar kollejlari bitiruvchilarini, imkoniyatlari cheklangan shaxslarni, harbiy xizmatdan bo'shatilgan shaxslami ishga joylashtiruvchilarga ijtimoiy rag'batlantirish, ish beruvchilarni Boshqarmaning fahriy nishonlari,. yorliklari va guvohnomalari bilan taqdirlash, shuningdek ommaviy axborot vositalarida eng yaxshi ish beruvchilar to'g'risida materiallar joylashtirilishini tashkil etish choralarini ko'rish;
kambag'allikni qisqartirish, mehnat, aholini ish bilan ta'minlash, mehnatni muhofaza qilish va ish beruvchilar fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish sohasida belgilangan tartibda (OAV va ijtimoiy tarmoqlarda) davriy nashrlar ta'sis etish;
Boshqarma tizimiga kiruvchi binolarga xizmat ko'rsatish, inventar va xo'jalik asboblarini, avtotransportni, aloqa vositalarini, hisoblash, kompyuter va ofis texnikasini ta'minlab turish va ulardan foydalanish, dasturiy ta'minot harid qilish, shu jumladan autsorsing shartlari asosida harid qilish bo'yicha ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish; .
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilishga ilmiy tashkilotlami, olimlar va mutaxassislan;ii, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
intemet axborot tarmog'ida va ijtimoiy tarmoqlarda belgilangan tartibda rasmiy veb-saytlar yaratish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat soliq xizmati organlarining yozma murojaatlari asosida mahsus vakolatli organlar bilan dastlabki kelishuvsiz tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatiy nazar tashkilotlarning bandlik, mehnat va mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun xujjatlari talablariga rioya etishini rejadan tashqari qisqa muddatli tekshiruvlar o'tkazish;
O'zbekiston Respulikasi Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi mablag'lari hisobiga barcha ish beruvchilar faoliyatida yangi ish o'rinlari tashkil etishga va aholini ish bilan ta'minlashga qaratilgan loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
korrupsiya va boshqa suiiste'molliklarning oldini olish va ularga yul quymaslik, xodimning shaxsiy va ishchanlik xususiyatlarini, uning faoliyati samaradorligini muntazam o'rganish, shuningdek malakaga va inspeksiya faoliyatining turli yo'nalishlarida ishlash tajribasiga ega kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida hodimlar rotatsiyasini amalga oshirish;
kam foydalanilayotgan yoki rekonstruksiya yoxud kapital ta'mirlashni (qayta jihozlashni) talab qiluvchi mavjud binolar, xonalarni o'matilgan tartibda ijaraga berish;
davlat mulkining bo'sh turgan ob'ektlarini, tizim tashkilotlarining faoliyat ko'rsatmaydigan binolarini "nol" harid kiymati bo'yicha qonun xujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilish to' g'risida takliflar kiritish;
Boshqarma va uning xududiy bo'linmalari.hamda idora bo'ysunuvidagi tashkilotlar boshqaruv hodimlari mutaxassislarining qo'shimcha shtat birliklarini Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish jamg'armasi mablag'lari hisobiga joriy etish;
yuridik shaxslarni ta' sis etish va ulaming ishtirokchisi bo'lish;
tizim tashkilotlari reytingini tuzish maqsadida ular faoliyatining samaradorligini oshirish mezonlarini tasdiqlash;
o'z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko'rgazmalar, yarmarkalar o'tkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga o'xshash tadbirlarda ishtirok etish;
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Qonunlar, O'zbekistan Respulikasi Prezidenti xujjatlari, O'zbekistan Respulikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlari va boshqa normativ-xuquqiy xujjatlarni bajarish bo'yicha idora bo'ysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini belgilangan tartibda o'rganish va tekshirish;
Boshqarma idoraviy bo'ysunuvidagi tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida kengashlar o'tkazish;
Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalaming bajarilishi bilan bog'lik bo'lgan hamda tezkor hal etishni talab qiladigan masalalar yuzasidan Bshqarma idora bo'ysunuvidagi tashkilotlar rahbarlariga belgilangan tartibda topshirikdar berish;
Boshqarma qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Bshqarma zarur hollarda boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda qo'shma qarorlar va boshqa xujjatlarni belgilangan tartibda chop etishga haqli.
Boshqarma o'ziga yuklangan vazifalaming samarali bajarilishi uchun javob beradi.
18.Bo‘limlar o'ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Bo‘limlarga murojaat qilgan ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish, shuningdek aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish yuzasidan choralarni ko‘radi;
Murojaat qilgan ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz fuqorolani kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun kasbga o‘qitish markazlari (kasb-hunar ta’limi muassasalari) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar rasmiylashtiradi;
“Bandlik xizmati” AT dasturi orqali ish qidirayotgan shaxslarni ro‘yxatga oladi, ularni ishsiz shaxslar deb e’tirof etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, ularga yordam ko‘rsatadi, ishsiz shaxslarga ishsizlik nafaqalarini tayinlaydi hamda to‘laydi;
“Onlayn mahalla” AT dasturi orqali hokim yordamchilari fuqarolarning arizava murojaatlarini real vaqtda belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
tashkilotlar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi va tegishli hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi, shuningdek aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslarni zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun tashkilotlarga yuborish ishlarini amalga oshiradi;
ish qidirayotgan fuqorolarni va fuqorolarni shaxslarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga belgilangan tartibda yuborish ishlarini bajaradi;
yuridik va jismoniy shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda subsidiyalar ajratadi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan aholi bandligi sohasida hamkorlik qiladi;
ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
ish qidirayotgan fuqorolarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantirishda ishtirok etadi;
tumanlar (shaharlar) hokimlarining ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo‘yicha qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
aholining ijtimoiy holatini yaxshilashga, kambag‘allarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan mahalliy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, Davlat tomonidan belgilangan kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan milliy dasturlar va siyosatlarni mahalla darajasida amalda tadbiq etish.
kambag‘al oilalarga ijtimoiy yordamlarni taqsimlash, ularga moddiy va maishiy yordam ko‘rsatish, ishsizlar uchun vaqtinchalik yordam va subsidiyalarning taqsimotini amalga oshirish, shuningdek, ularning yangi ish o‘rinlariga joylashishini ta’minlash.
mahalliy iqtisodiyotda ish o‘rinlarini yaratish, aholining bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish uchun dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish, kambag‘al oilalar va ishsizlarning ishga bo‘lgan qobiliyatlarini oshirish uchun kasbiy tayyorgarlik, qayta ta’lim va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
Kambag‘al oilalarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ularga qonuniy maslahatlar berish, shaxsiy va moliyaviy masalalarda yordam ko‘rsatish.
Kambag‘al oilalarni tuman bo‘limlari tomonidan ro‘yxatga olish, ularning ijtimoiy holatini aniqlash va yordam ko‘rsatish uchun monitoring olib borish.
19.Hokim yordamchilarining huquq va majburiyatlari:
Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hokim yordamchilarining asosiy uquq va majbiriytlari quidagilar:
Mahallalarda mavjud zahira va imkoniyatlari tahlili qilgan holda “Mahallani iqtisodiy rivojlantirish biznes-rejasini” ishlab chiqish, mahalla kengashini yig‘ilishida tasdiqlash va uni nazarda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Mahallalardagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini uyma-uy yurgan holda aniqlab muntazam ravishda bandligini ta’minlash choralarni ko‘rib boradi.
Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni joyiga borgan doimiy daromad keltiruvchi ish o‘rinlari bilan ta’minlash choralarni ko‘radi.
Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunar ko‘nikmalariga o‘qitish orqali bandligini ta’minlaydi.
Ijara huquqi asosida еr maydonlarini olgan ijarachilarni dehqon xo‘jaligi sifatida ro‘yxatda o‘tkazish va kooperativlarga birlashtirish choarlarini ko‘rib borish, ijara еr maydonlarini, tomorqada yuqori daromadli ekinlarni ekilishini tashkil etish va еtishtirlgan maxsulotlarni hisobini yuritish, dehqon xo‘jaliklari ekportyor, broker va qayta ishlovchi korxonalarning tashkil etish.
Mahallalarda kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mikrolayixalarni manzilli dasturlarini shakllantirish va loyixalarni amalga oshirishga to‘siq bo‘ladigan muammolarni hal etishga ko‘maklashish.
Mahallarda kambag‘al oilalarning har biri uchun “individual reja” ishlab chiqish va ularni daromadini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarini belgilash.
Qonun hujjatlariga muvofik boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
- larining javobgarligi
- Andijon viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i (keyingi o'rinlarda Boshqarma boshlig'i deb ataladi) Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalaming bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
- Boshqarma boshlig'i o'rinbosarlari:
Boshqarma nazoratidagi tarkibiy bo'linmalarda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
o'z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
- Boshqarma apparatning ichki tarkibiy bo'linmalari rahbar1ari tegishli tarkibiy bo'linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun;
o'z funksional majburiyatlari sifatli bajarilishi uchun shaxsanjavob beradi.
- Boshqarmaning tuman (shahar) bo'limlari hamda tizim tashkilotlari rahbarlari:
bo'limlarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
o'z fuhksional majburiyatlarining slfatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
V-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
- Boshqarmani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Andijon viloyati hokimi taqdimnomasiga binoan, kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi O'zbekistan Rspublikasi Kambag'allikni qiskartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Boshqarma boshlig'i rahbarlik qiladi.
Boshqarma boshlig'ining birinchi o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘ini o‘rinbosari Viloyat hokimligi bilan kelishgan holda boshqarma boshlig‘i tavsiyanomasi asosida O'zbekistan Respubikasi Kambag'a1likni qiskartirish va bandlik vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bir nafar birinchi o'rinbosari hamda bir nafar o'rinbosari bo'ladi.
Oliy yuridik yoki iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar, shuningdek oliy ma’lumotli iqtisodiy-ijtimoiy sohada kamida 5 yillik ish staji bo‘lgan shaxslar Boshqarma boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarlari lavozimida ishlashlari mumkin.
Boshqarma boshlig'i bo'lmagan davrda uning vakolatlari Boshqarma boshlig'ining brinchi o'rinbosari, u bo'lmaganda esa-bosh boshqarma boshlig'ining buyrug'iga binoan boshqa o'rinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
- Boshqarma boshlig'i:
Boshqarma faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi va Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalaming bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Boshqarma faoliyatining tegishli yunalishlari idora bo'ysunuvidagi tashkilotlar faoliyati uchun Boshqarma boshlig'i o'rinbosarlari va Boshqarma tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
o' z vakolati doirasida Boshqarma tizimi xodimlari tomonidan ijro etilishi shart bo'lgan buyruqlar chiqaradi va ko'rsatmalar beradi;
xodimlaming belgilangan umumiy soni doirasida boshqarma apparat xarajatlar smetasini va shtat jadvalini tasdiqlaydi, boshqarmaning viloyat byudjetida turgan idoraviy mansub tashkilotlarining xarajatlar va daromadlar smetalarini ro'yxatdan o'tkazadi;
Boshqarma, shuningdek, boshqarmaning idoraviy mansub tashkilotlari tuzilmasiga, zarur o'lsa, xodimlarning umumiy soni va va mehnatga haq to' lash fondi doirasida o' zgartirishlar kiritadi;
Boshqarma to'g'risidagi nizomni, zaruratga ko'ra boshqarma tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashki1otlar ustavlari (nizomlari)ni belgilangan tartibda tasdiklaydi;
xodimlar, shu jumladan boshqaruv xodimlari, xo'jalik hisoida bo'lgan idora bo'ysunuvidagi tashkilotlar xodimlari sonini umumiy cheklangan shtatlar soniga muvofiq mustaqil belgilaydi, idora bo'ysunuvidagi xo'jalik tashkilotlari tuzilmasini, shtatlar sonini, shu jumladan _boshqaruv xodimlarini, mehnatga haq to'lash fondini, xarajatlar smetasini, avtotransport vositalari limitini tasdiklaydi, shuningdek ularning mol- mulkini tasarruf etadi;
Boshqarma tizimida belgilangan tartida moliyaviy ishlarni tashkil etadi, idora bo'ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan o'tkaziladigan tadbirlarni, shuningdek mazkur sohadagi ilmiy tadkikotlarni moliyaviy jixatdan ta'minlaydr;
Qonun hujjatlariga muvofik boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
18. Quyidagilar:
tuman (shahar) hokimlari tomonidan bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishda Boshqarma boshlig‘i tavisiyasi asosida amalga oshiriladi;
tuman (shahar) hokimlari tavisyasiga ko‘ra teishli bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari rahbarlar o‘rinbosarlari lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishda tegishli bo‘lim rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi;
Boshqarma inspeksiya bo‘lim (sho‘ba) boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish – boshqarma boshlig‘i bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
19. Boshqarma inspeksiya, bo‘lim (sho‘ba) boshliqlarini, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari rahbarlari lavozimga tayinlash va ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga еtgunga qadar ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini ta’minlash maqsadida Boshqarma boshlig‘i tarkibiy bo‘linma rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlaydi.
20. Tuman (shahar) bvndlikka ko‘maklashish bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar tegishli tuman (shahar)lar hokimlari bilan kelishgan holda tegishli ravishda Boshqarmaning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
21. Boshqarma va uning tizimidagi tashkilotlarning xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazida shartnoma asosida amalga oshiradi.
22. Oliy yuridik ma’lumotga ega Davlat mehnat Inspeksiyasining Davlat mehnat inspektorlari davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga tenglashtiriladi, ularga adliya organlari xodimlariga beriladigan mansab darajalari tatbiq etiladi.
23. Boshqarmada 5 kishidan iborat – Boshqarma boshlig‘i (Kengash raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek Boshqarma markaziy tarkibiy bo‘limlari rahbar xodimlaridan iborat tarkibda, o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq Kengash tashkil etiladi.
Kengashning shaxsiy tarkibi viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Kambag‘allikni qisqaritirish va aholi bandligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqqan holda boshqarma faoliyatining qonunchilikda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tanqidiy ko‘rib chiqish;
Kambag‘allikni qisqaritirish, mehnat va bandlikni ta’minlash borasida qonunchilikda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha boshqarma va uning ichki tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir aniq choralar ko‘rgan holda, quyi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitib borishni tashkil qilish;
ijro intizomi darajasini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va xalq qabulxonalaridan tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida hamda sifatli ko‘rib chiqish asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni ta’minlash, kambag‘allikni qisqaritirish va aholi bandligi sohasida eng zarur muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Boshqarma nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joylashtirish, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqish.
Kengash Boshqarma vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Kengash majlislariga Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Kengash uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
VI. Boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish
24. Boshqarma hamda tizim xodimlarini moddiy rag'atlantirish va mehnatiga haq to'lash byudjetdan ajratiladigan mablag'lar doirasida O'zbekiston Respulikasi Davlat byudjeti va Byudjetdan tashkari manbalar, mablag'lari hisobidan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi
25. Boshqarma va tegishliligi bo‘yicha uning tizimidagi muassasalar xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rag‘batlantirish to‘lovlaridan iborat bo‘ladi.
Belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq to‘lash fondi mablag‘lari, shuningdek, mehnat organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasi mablag‘lari ish xaqi to‘lash va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish manbai hisoblanadi.
26. Boshqarma boshlig‘i byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan o‘z faoliyatida samaradorlikning eng yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlayotgan xodimlariga ularning lavozim maoshining bir baravari miqdorida shaxsiy ustamalar belgilashga haqli. Shaxsiy ustamalar miqdorini belgilashda mehnatga haq to‘lashga oid Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsientlari bilan bir qatorda byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan shaxsiy ustamalar, shuningdek byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga 40 foizlik qo‘shimcha (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsienti) lavozim maoshi hisob-kitobiga kiritiladi.
