Payshanba — Yoshlar kuni
2026-06-24 15:10:00 / Yangiliklar

Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan Andijon shahridagi "Kengash" mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish, mavjud davlat dasturlari hamda yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan muammolar tinglanib, ularning murojaatlari yuzasidan mas’ullar tomonidan huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Bandlikni ta’minlash va daromad manbalarini yaratishga qaratilgan takliflar muhokama qilinib, murojaatlarning yechimi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar hamda kelgusida ham bu kabi ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
