RASMIY MUNOSABAT
2026-07-24 10:30:00 / Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi sport maktablari ishchi-xodimlari turli tadbirlarga majburan jalb etilayotgani yuzasidan tarqalgan murojaat Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari boshlandi.
O‘rganish natijalari hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rilgan choralar haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
