Buxoro shahrida mavjud bo'sh ish o'rinlari ro'yxati
Buxoro shahrida mavjud bo'sh ish o'rinlari ro'yxati (08.04.2026 holatiga) pdf shakli / vacancy.argos.uz
Buxoro shahrida mavjud bo'sh ish o'rinlari ro'yxati (12.01.2026 holatiga) pdf shakli / vacancy.argos.uz
Buxoro shahar hokimligi boshqaruv apparatida kadrlarni tanlash, suhbat o‘tkazish va joy-joyiga qo‘yish tartibi to‘g‘risida ma'lumot
Vakant lavozimlarga nomzodlarni tanlashga qo‘yiladigan talablar:
Buxoro shahar hokimligi boshqaruv apparati, shahar hokimligi bo‘limlari, tashkilotlardagi vakant lavozimlarga nomzodlarni tanlashni shahar hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari amalga oshiradilar.
Nomzodlarni tanlashda quyidagi mezonlarga alohida e’tibor qaratiladi:
- nomzodning tanlanayotgan lavozim bo‘yicha mutaxassisligi to‘g‘ri kelishi;
- fidoyiligi, sadoqatliligi, mehnatsevarligi, tashkilotchiligi, tashabbuskorligi, ma’naviyati kabi mezonlarga javob berishi;
- ijro intizomiga rioya etishi, mas’uliyati va javobgarligi;
- mutaxassis vazifasiga kamida 2-3 yil, bo‘lim boshlig‘i vazifasiga
- 3-4 yil, tuman, shahar hokimi o‘rinbosari lavozimiga kamida 3-5 yil rahbarlik vazifasida, tashkilot rahbarligiga esa kamida 2-3 yil o‘rta bo‘g‘in yoki o‘rinbosar vazifasidagi soha yo‘nalishi kesimida mehnat stajlariga ega bo‘lishi;
- tavsiya etilayotgan vazifa bo‘yicha yetarli amaliy tajribasi bo‘lishi;
- mutaxassisligi bo‘yicha qaysi seminar-treninglarda, shu jumladan, xalqaro uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, brifinglar, treninglarda ishtirok etgani va qanday ko‘nikmalarni egallagani;
- chet tillarini bilish darajasi;
- normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash tajribasi mavjudligi;
- odob-axloqi namunali va ma’naviyatli bo‘lishi;
- axborot-texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, kompyuterda ishlash qobiliyati;
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ilgari ishlagan joyidan berilgan annotatsiya rezyume.
Vakant lavozimlarga nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish tartibi va uning yakuni bo‘yicha javobgarlik
Nomzod bilan suhbat quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- Shahar hokimining tegishli o‘rinbosari;
- hokimlik guruh rahbarlari, bo‘lim boshliqlari va yuridik xizmati (o‘z sohalari bo‘yicha);
- Tashkiliy-kadirlar guruhi rahbari va mutaxassislari;
O‘tkazilgan suhbat yakunlariga ko‘ra, har bir suhbat o‘tkazuvchi mas’ul xodim “Suhbat varaqasi”ga o‘z fikrini yozib, imzo chekadi.
Suhbat varaqasi va tegishli bildirgi shahar hokimiga yakuniy qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Suhbat varaqasiga nomzod tomonidan yozilgan tarjimai hol, avvalgi ish joyida amalga oshirgan ishlari hamda kelajakda bajarmoqchi bo‘lgan ishlari haqida fikr-mulohazalar, takliflari va rejalari haqida ma’lumoti ilova qilinadi.
Suhbat natijalariga ko‘ra “Lozim emas deb topilgan” deb baholangan nomzodga yana imkoniyat berilib, 2-3 oydan keyin takroran suhbat o‘tkazilishi mumkin. Shundan keyin ham ijobiy xulosa berilmasa, ushbu nomzod takroran 1 yildan keyin ko‘rib chiqilishi mumkin.
Suhbatni belgilangan tartibda xolisona va prinsipial tarzda o‘tkazish bo‘yicha javobgarlik shahar hokimining o‘rinbosarlari, guruh rahbarlari va boshqa mas’ullar zimmasiga yuklatiladi.
Shahar hokimligi apparati xodimlarini lavozimga tayinlash
- shahar hokimligi apparatining bo‘lim boshliqlari, bosh, yetakchi, birinchi toifali mutaxassislar, bosh hisobchi lavozimlariga nomzodlar tegishli hokim o‘rinbosari tomonidan tashkiliy-nazorat guruhi bilan birgalikda tanlanadi va shahar hokimiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
- Nomzodlar bilan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. Suhbat yakunlari hokimga taqdim etilganidan keyin, ma’qullangan taqdirda hokim qarori yoki farmoyishi bilan tayinlanadi;
- Ishga qabul qilinadigan xodimning arizasi va shahar hokimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shahar hokimi qarori yoki farmoyishi uchun asos bo‘ladi. Mehnat shartnomasi yozma ravishda tuziladi, ishga kiruvchi xodim va shahar hokimi imzosi bilan bitiladi, hokimlik muhri bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, tayinlangan xodimga “Odob-axloq qoidalari” nusxasi imzo bilan beriladi.
Nomzodlar yig‘ma jildlariga qo‘yiladigan talablar
Nomzod lavozimga tayinlanganidan keyin unga quyidagi shaxsiy hujjatlar to‘plami tayyorlanadi:
- shaxsiy varaqa (so‘rovnoma);
- tarjimai hol;
- 6 dona fotosurat;
- tavsiya xati.
- fikrnoma.
