Hokimiyat haqida

Shahar hokimligi shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda viloyat hokimining qarorva farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari ijrosini ta'minlaydi. Shahar hokimligi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi oldida hisob beradi. Shahar hokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi tuman hokimi, hokim o'rinbosarlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, shahar hokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarning hamda tuman hokimligi apparatining tashkiliy-amaliy ishi bilan ta'minlanadi. Tuman hokimligi faoliyati tuman hokimi tomonidan tashkil etiladi. Shahar hokimi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida hududdagi barcha organlar, korxonalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar chiqaradi. Tuman hokimining me'yoriy tusdagi yoki muhim axamiyatga ega bo'lgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi. Shahar hokimining tezkor va boshqa joriy masalalar bo'yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi.
“Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarinig investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ–3407-son qaroriga muvofiq shahar hokimligi boshqaruv apparatining vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilanadi.
Boshqaruv apparati o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek Buxoro shahar hokimligining boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga amal qiladi.
Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo’jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.
Boshqaruv apparati xalq deputatlari Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydi
Shahar hokimligi apparati o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'isida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarinig investitsiyalarni keng jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” 2017-yil 28-noybrdagi PQ–3407-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-mart 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O'zbekiston Respublikasi viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo'yicha yo'riqnoma" hamda tuman hokimligining reglamentiga amal qiladi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari bo'yicha ish yuritish "Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oshiriladi.
Manzil: 200100 Buxoro shahar, Cho'lpon ko'chasi 3-b uy
Tel: (+998) 65-224-24-10
Ish vaqti: Dushanba-Shanba
09:00 dan - 18:00 gacha
Tushlik: 13:00 dan - 14:00 gacha
