Buxoro shahar hokimi Qurbon Ibragimovich Tursunovning Buxoro shahrida 2025-yining 9 oyligida erishilgan natijalar hamda yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida hisoboti
2025-11-03 17:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Prezidentimizning Buxoro viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlari bo‘yicha imzolangan yig‘ilish bayoni hamda 2024-yil 5-dekabrdagi “Buxoro viloyatida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (PQ-423-son) alohida qarorlari hudud aholisining turmush tarzini yanada yaxshilash, yangi korxonalarni tashkil qilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Buxoro shahrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (3552,5 mlrd.so‘m) yoki 102,1 foizga, xizmatlar hajmi (5 983,2 mlrd.so‘m) yoki 112,4 foizga o‘sdi.
Aholi bandligini ta’minlash dasturlari, shuningdek, “Gʻijduvon”, “Zarbdor”, “Sayxunobod” tajribalari doirasida 2025-yil yanvar-oktabr oylarida 23 ming 253 nafar aholi ishga joylashtirildi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida ishsizlik darajasi 2024-yilgi 4.9 foizdan, 2025-yil 3-chorak yakuni bilan 3,2 foizga, kambag‘allik darajasi esa 2024-yildagi 5,1 foizdan 4 foizgacha tushdi.
Xorijga chiqib ketgan migrantlarning 1 ming 353 nafari tartibli mehnat migratsiyasi bilan qamrab olindi. Xorijiy davlatlarda ishlash istagida bo‘lgan 621 nafar fuqarolar o‘qishga jalb qilindi.
Buxoro shahrida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 2025 yilda 210,0 mlrd.so‘m kreditlar ajratildi.
Budjet daromadlariga joriy yilning 9 oyida 212,0 mlrd.so‘m tushum tushishi ta’minlanib, belgilangan reja (10,0 mlrd.so‘m) 104,9 foizga bajarildi. Birgina 2025 yilning to‘qqiz oyida mahalliy budjet ixtiyorida qolgan (10,0 mlrd.so‘m) mablag‘ hisobidan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli masalalari uchun mablag‘ yo‘naltirildi.
Investisiya dasturlari doirasida 2025-yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida umumiy qiymati 577,1 mlrd. so‘mlik 76 ta loyiha amalga oshirilib, 1 ming 181 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 184,0 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya va kreditlar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,8 barobariga o‘sish ta’minlandi.
Jami hududiy eksport hajmi 2025-yilning o‘tgan 9 oyi yakuni bilan 46 mln. dollarni tashkil etdi.
Shuningdek, 2025-yilda Buxoro shahrida 28 ta 1 ming 451 xonadoli ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Shahardagi 291 ta ko‘p qavtli uy-joylarda ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi. Joriy yilning 9 oyi davomida dastur dorasida, jami 291 ta uylar ta’mirlanib, shundan, 88 ta uylarning 12,9 ming metr kvadrat tom qismi mukammal va joriy, 748 ta kirish yo‘laklari ta’mirlandi, 29 ta temir eshik va kodli qulflar o‘rnatilib, 1529 ta kirish yo‘laklaridagi elektroshitlar, 25 ta uylarning fasad qismi ta’mirlandi hamda 144 ta uylarning yerto‘la qismini tartibga keltirildi, shuningdek 3808 kv.m framuga oyna romlari plastik romlarga almashtirildi, 791 ta elektr tejamkor lampalar o‘rnatildi.
Dastur doirasida 4 ta umumta’lim maktablari hamda 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida joriy ta’mirlash belgilangan bo‘lib, bugungi kunda 4 ta umumta’lim maktablari hamda 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlar yakuniga yetkazildi. Transport yo‘nalishida shaharda jamoat transporti uchun yangi zamonaviy jami 43 ta avtobus xarid qilindi. (1,2,5,10,17,19,33 avtobus yo‘nalishlari ishga tushirildi) 175 ta avtobus bekatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun panduslar o‘rnatilgan, 70 dan ortiq avtobuslarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun panduslar ta’mirlandi, 20 ta chorrahalarda “aqlli svetoforlar” o‘rnatildi. 24 ta o‘rnatilgan svetofor qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatildi, Navoiy shoh, Sanoatchilar ko‘chalarida ovoz chiqaruvchi (ko‘zi ojizlar uchun) svetofor qurilmasi o‘rnatildi.
2025-yil hisobot davrida 5700 kv.metr ichki yo‘llar shag‘allashtirildi va yamoqli asfalt (yamochniy remont) qilindi, shundan 3000 kv.metr shag‘allashtirish va 2700 kv.metr asfalt qilindi. Ibn-Sino, Zulfiya va M.Iqbol ko‘chalarida piyodalar tomonidan yo‘lning belgilangan qismidan o‘tishlarini ta’minlash va belgilanmagan joylardan o‘tishlarini oldini olish maqsadida yo‘lning o‘rta qismida 3000 metr temir panjaralar o‘rnatildi.
Buxoro shahrining Xo‘ja Nurobod (1,5 km), Chorminor (0,8 km) va M.Ambar ko‘chalarida (1,5 km) jami 3,8 km uzunlikdagi yo‘lning ikki yon tomonlarida istiqomad qiluvchi maxalliy aholi xonadonlarida Gruziya poytaxti Tbilisidagi eski shahar namunasi asosida turizm gostronomik, hunarmadlar, savdo hamda xizmat ko‘rsatish ko‘chalari tashkil etildi Buxoro shahar I.Karimov ko‘chasida 850 metr masofasida gastronomik 24/7 rejimda ishlovchi ko‘cha tashkil etildi.
Endi bevosita 2025-yil yakuniga qadar shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim vazifalar hamda rejalar haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Sanoat mahsulotlari hajmi 106,9 foizga (5897,8 mlrd.so‘m), xizmatlar hajmi 115,4 foizga (1 245,4 mlrd.so‘m) oshiriladi.
Inflyasiya darajasini 10 foizdan 8 foizga tushirish choralari ko‘riladi.
Yil yakuni bilan xorijda ishlash istagida bo‘lgan 1 ming 288 nafar fuqaro kasblarga va xorijiy tillarga o‘qitiladi hamda tashkiliy va manzilli tartibda 1 ming 641 nafari xorijiy davlatlarda yuqori daromadli ishlarga joylashtiriladi.
Iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, yangi investisiya loyihalarini amalga oshirish hamda mavjud loyihalar quvvatlarini yanada oshirish maqsadida 124,0 mlrd so‘m kreditlar ajratiladi.
“Gʻijduvon tajribasi”ga asosan ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalarda 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
“Zarbdor tajribasi” asosida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga turtki beruvchi 5 ta drayver loyihalar amalga oshiriladi.
Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatmayotgan 120 ta tadbirkorlik sub’yektlarining muammolarini hal etish bilan bir qatorda ularning faoliyatini tiklash orqali yil yakuniga qadar qo‘shimcha 7,1 mlrd so‘mlik hajm hamda 120 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Hududiy investisiya dasturi doirasida 2025-yil yakuniga qadar umumiy qiymati 2484 mlrd. so‘mlik 133 ta loyihalari amalga oshirilishi hamda 3545 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlanadi.
2025-yilda shahar bo‘yicha jami hududiy korxonalar mahsulotlari eksporti hajmini 86 mln. dollarga yetkazish bo‘yicha hisob-kitob qildik.
2025-yilda shahar bo‘yicha jami 4991,4 mlrd. so‘mlik qurilish pudrat ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 110,5 foizga yetkaziladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
