Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
2025-10-29 14:55:00 / Yangiliklar

Sessiya davomida Buxoro shahrida 2025-yilning o‘tgan davri davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat va jamiyat manfaatlarini muhofaza qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shahar prokurorining axboroti, Buxoro shahrida huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, Davlat kadastrlari palatasi hamda agentligining Buxoro shahar bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilingan ishlar, to'g'risidagi masala ko'rildi.
Shuningdek, Buxoro shahridagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish borasida 2025-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar, 2025-yil 3-chorak jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son Qarorining ijrosi, Buxoro shahar hokimligi apparatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlarini maqsadli o‘rganish hamda ijro intizomi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida Buxoro shahrida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ta’lim-tarbiyaning sifati va samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.
Masalalar yuzasidan tegishli mas'ullarning hisobot va axborotlari tinglandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari shahar Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi. Bu borada deputatlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.









