Samarali ijro intizomi — islohotlar natijadorligining muhim kafolati
2025-10-21 12:05:00 / Yangiliklar

Haftaning har dushanba kunlari Buxoro shahar hokimi rahbarligida, haftaning chorshanba va juma kunlari hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay qatʼiy nazorat qilinmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng nazoratdan yechilishi belgilanganligini inobatga olgan holda, shahar hokimligi apparatida ushbu topshiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajaralishini taʼminlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Yaʼni har oyda 2 marotaba kelgusi oyning yakuniga qadar ijro muddati keladigan topshiriqlar roʻyxati eslatma sifatida hokim oʻrinbosarlari, maslahatchilari, boʻlinma rahbarlari va masʼul xodimlarga yetkazilmoqda.
Hokimlik apparatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi haqidagi maʼlumotlarni ijro muddati yakunlanishini kutmasdan elektron dasturga oldindan kiritib borish masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Buxoro shahar hokimligi apparati masʼul xodimlari tomonidan har oyda bitta korxona va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi maqsadli oʻrganilmoqda. Jumladan, joriy yil sentabr oyida Buxoro shahar kambagʻallikni qisqaritirsh va bandlik boʻlimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati oʻrganildi. Bundan tashqari joriy yilning avgust oyida viloyat hokimligi apparati masʼul xodimlari tomonidan Buxoro shahar hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish va topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatildi.
2025-yilning 9 oyi (yanvar-sentyabr) davomida shahar hokimligi apparatida ijro intizomining holati 78 marotaba muhokama qilingan.
2023-yil 21-noyabr kuni Prezidentimiz rahbarliklarida kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, har bir topshiriqqa “temir intizom” bilan jiddiy yondoshib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlarini oʻz vaqtida, samarali hamda toʻliq bajarishda shahar hokimining oʻrinbosarlari, shahar korxona tashkilotlar rahbarlarining roli hamda shaxsiy javobgarligini oshirish choralari koʻrilib, sustkashlikka yoʻl qoʻygan masʼul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻrib borilmoqda.
Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida jami “edo.ijro.uz” idoralararo yagona elektron tizimi orqali 20 681 ta topshiriq va hujjatlar kelib tushgan boʻlib, shundan, 6 494 tasi viloyat hokimligidan (yuqori turuvchi tashkilot) yuborilgan qaror, farmoyishlar, topshiriqlar yigʻilish bayonlari, rejalar, fuqaro murojaatlari va boshqa hujjatlardir. Qolgan 14 187 tasi Respublika, viloyat, shahar tashkilotlaridan kelgan topshiriq, fuqaro murojaatlari hamda boshqa turdagi qabul qilingan hujjatlardir.
2025-yil yanvar-sentabr oylari davomida yangi qabul qilingan 541 ta hujjatlar jumladan, 74 ta Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, 73 ta Prezident Farmonlari, 124 ta Prezident qarorlari, 2 ta Prezident farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 264 ta qarori hamda 4 ta farmoyishi roʻyxatga olingan. Mazkur hujjatlar boʻyicha shahar hokimligida 150 ta shahar hokimi qarori, 5 ta farmoyish, 117 ta chora-tadbir va boshqa tadbirlarda jami, 278 ta hujjat rasmiylashtirilgan.
Buxoro shahar hokimligi apparatida Prezident hujjatlari nazorat rejasi, topshiriqlar va murojaatlarni koʻrib chiqishda belgilangan muddatlarni buzish holatlarini oldini olish maqsadida barcha boʻlimlar tomonidan hamkorlikda ishlar tashkil etilib, joriy yil oktabr oyida muddati keladigan hujjatlarni 25-oktabrga qadar bajarish choralarini koʻrish belgilandi.
Buxoro shahar hokimligi boshqaruv apparatida Prezidentimizning hamda Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli taʼminlash boʻyicha barcha imkoniyatlar ishga solinib, zaruriy choralar koʻrilmoqda.
I.Suvonov,
Buxoro shahar hokimligi apparati ijro intizomi nazorati boʻyicha bosh mutaxassis
