Qurbon Tursunov paxta terimida ishtirok etayotgan terimchilar bilan uchrashdi
2025-09-22 13:10:00 / Yangiliklar
Paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallaga kirgan bugungi kunda Buxoro shahrida ham terimchilar mehnati alohida e’tiborda. Shu munosabat bilan shahar hokimi Qurbon Tursunov Buxoro shahridan terimga yordam berayotgan terimchilar bilan uchrashib, ularning sharoitlari bilan tanishdi.

Qurbon Tursunov mehnatkash terimchilar fidoyiligini yuksak qadrlab, paxta terimi – nafaqat qishloq xo‘jaligidagi muhim jarayon, balki xalqimizning hamjihatligi va mehnatsevarligini namoyon etuvchi an’ana ekanini alohida qayd etdi.
Samimiy suhbatlar davomida terimchilarning kayfiyatlari, ularga yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti, transport xizmatlari holati bilan yaqindan tanishildi. Ilg'or terimchilar e'tirof etilib, rag'batlantirildi.



