Nizoli oilalar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
2025-09-04 16:45:00 / Yangiliklar
Bugun Buxoro shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ma’rifat Umarova va Ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirokida "R.Hamroyev" mahalla fuqarolar yig‘inida nizoli oilalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida nizoli oilalar bilan yuzma-yuz muloqotlar olib borilib, ularning muammolari, turmushdagi kelishmovchilik sabablari atroflicha o‘rganildi. Har bir holat alohida tartibda ko‘rib chiqildi hamda zaruriy huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, "S.Ayniy" mahallasidagi ayollar yotoqxonasida istiqomat qilayotgan fuqaroga kambag‘allikni oldini olish va mehnat bandligini ta’minlash maqsadida tikuv mashinkasi topshirildi.
Bunday amaliy uchrashuvlar muammolarni joyida hal qilish, oilaviy muhitni yaxshilash hamda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.




