Hunarli kishi xor bo‘lmas
2025-08-30 13:25:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda "Havzi-nav" mahalla fuqarolar yig‘inida ham xotin-qizlarni tadbirkorlikka, kasanachilikka va hunarmandchilikka yo‘naltirish borasida bir qancha ishlar olib borilmoqda. Xotin-qizlarning bandligini ta’minlanishi ularning oilalariga daromad olib kelishlari bilan birgalikda, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshishiga hamda mahallada ijtimoiy muhitni ijobiylashishiga asos bo‘lmoqda.
Xuddi shunday ayollardan biri Ahmad Borband ko‘chasi 16-uyda istiqomat qiluvchi Gulrux Komilova 2-guruh nogironi bo‘lishiga qaramasdan, pazandalik bilan shug‘ullanib, turli shirinliklar, somsalar tayyorlab, mahalladoshlarini xursand qilib kelayotgan edi. Harakatchan, tinib-tinchimas Gulrux Komilova 15 mln so‘m imtiyozli kredit olib, yangi hunar turi bilan shug‘ullanishni boshladi.
Endilikda u qizi Zebiniso Raxmatova bilan gips va shamlardan, turli xildagi suvinerlar, gullar, oshxona idishlari va bir-biridan chiroyli stol chiroqlari tayyorlab, o‘z buyurtmachilariga yetkazib bermoqdalar. Daromad ham yaxshigina bo'lmoqda.








