Ustoz-shogird an’anasi davom etmoqda
2025-07-03 18:55:00 / Yangiliklar

Mahalladagi yoshlarning katta qismi ish bilan band bo‘lib, ustoz-shogird an’anasining yana jonlanayotganidan darak beradi. Xususan, tikuvchilik, sartaroshlik va boshqa amaliy yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham yoshlarga hunar o‘rgatish orqali ularning kelajagiga nurli yo‘l ochib bermoqdalar. Bunday ezgu tashabbuslar tufayli yurtimizda mehnatkash, izlanuvchan, o‘z ustida tinmay ishlaydigan va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etayotgan yoshlar safi kun sayin kengayib bormoqda.
Aytish joizki, xalq orasida keng tarqalgan "Tadbirkor — elga madadkor" degan ibora bugungi kunda o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Tadbirkorlar faqatgina daromad orttirish bilangina cheklanib qolmay, balki ijtimoiy mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgani tahsinga loyiqdir.




