Buxoro shahrida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi
2025-06-04 19:50:00 / Yangiliklar

Xususan, bugun Buxoro shahridagi Yoshlar markazida maktab o‘quvchilari, kasb-hunar maktablari, texnikumlar hamda mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning bilim va tafakkur darajasini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik ruhini mustahkamlash maqsadida o'tkazildi.
O‘yinda ishtirokchilar bir nechta jamoalarga bo‘lingan holda bellashdilar. Har bir bosqichda ularga tarix, fan, madaniyat, adabiyot hamda zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha savollar taqdim etildi.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy kechgan bellashuv yoshlar orasida intellektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.





