Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi
2025-05-23 10:50:00 / Yangiliklar

Buxoro davlat Pedagogika institutida Buxoro shahar hokimining birinchi o'rinbosari Xurshid Yaxyoyev boshchiligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish, hayotda o‘z munosib o‘rnini topishga ko‘maklashish, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va an'analarga hurmat ruhida tarbiyalash borasida muloqot olib borildi va 2 nafar yoshga kredit ajratilishi to'g'risida tegishli choralar ko'rildi.
Mazkur uchrashuv davomida yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so'z yuritildi. Yoshlar o‘zlarining savollariga to‘liq javob olib, taklif va tashshabuslarini bildirib o‘tdilar.









