Ibratli oilalar e'tirof etildi
2025-05-17 10:20:00 / Yangiliklar
BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 15-may — Xalqaro oila kuni sifatida 1994-yildan buyon butun dunyoda keng nishonlanib kelmoqda. Ushbu sana yurtimizda ham alohida ahamiyatga ega bo'lib, Oila institutini mustahkamlash, qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan namunali oilalarni “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash an’anaga aylangan.

Shu munosabat bilan Buxoro shahar hokimi o‘rinbosari M.Umarova oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash, jamiyatda sog‘lom muhit barqarorligi va rivoji uchun munosib hissa qo‘shib kelayotgan, ibrat ko‘rsatayotgan oilalarni xonadonlarida bo‘lib, ularni tabrikladi. “Ibratli oila” ko‘krak nishoni, guvohnomasi, pul mukofotlari sertifikatlari egalariga taqdim etildi.
Shu bilan birgalikda Buxoro shahridagi “Olmos” mehmonxonasida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Buxoro shahridan taklif etilgan 11 nafar oilalarga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni, guvohnomasi, pul mukofotlari sertifikatlari topshirildi.









