Buxoro shahridagi oromgohlar o'rganildi
2025-05-13 18:15:00 / Yangiliklar
Bugun Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov hamda viloyat hokimi o'rinbosari Baxtiyor Adilov boshchiligidagi ishchi guruh viloyat markazidagi yozgi bolalar oromgohlarida bo'lib, mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini ko'zdan kechirishdi.

Dastlab "Yosh aloqachi" oromgohida olib borilayotgan ishlar birma bir o'rganildi. Bajarilayotgan ishlarni tezroq yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
Shundan so'ng "Humo" va "Buxoro" oromgohlarida olib borilayotgan ishlar o'rganildi.









