Yozgi oromgohlar holati o'rganildi
2025-04-30 15:00:00 / Yangiliklar
Bugun Buxoro shahar hokimi o'rinbosari Feruz Hamroyev boshchiligidagi ishchi guruh viloyat markazidagi yozgi bolalar oromgohlarida bo'lib, mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini ko'zdan kechirishdi.

"Neftchi", "Humo" va "Yosh aloqachi" oromgohlarida olib borilayotgan ishlar birma bir o'rganildi. Bajarilayotgan ishlarni tezroq yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.







