Ijro intizomi — faoliyat samaradorligi va mas’uliyat mezoni
2026-11-09 17:10:00 / Yangiliklar
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunçilik hujjatlari ijrosini samarali taşkil etişda davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining şaxsiy javobgarligini kuçaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi va 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat körsatişini taʼminlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori hamda “Davlat organlari va taşkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmonida belgilangan topşiriqlar asosida Buxoro şahar hokimligida “Ijro.gov.uz” hamda uning tizimida yaratilgan “edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyiş va topşiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topşiriqlari öz vaqtida ijroga qaratilib, sifatli bajarilişi qatʼiy nazoratga olingan.

Haftaning har duşanba kunlari Buxoro şahar hokimi rahbarligida, haftaning çorşanba va juma kunlari hokimning birinçi örinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topşiriqlari ijrosi kunbay qatʼiy nazorat qilinmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi kiritilgan qonunçilik hujjatlari va topşiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan ekspertizadan ötkazilganidan söng nazoratdan yeçilişi belgilanganligini inobatga olgan holda, şahar hokimligi apparatida uşbu topşiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajaralişini taʼminlaş maqsadida oldindan ogohlantiriş tizimi yölga qöyilgan.
Yaʼni har oyda 2 marotaba kelgusi oyning yakuniga qadar ijro muddati keladigan topşiriqlar röyxati eslatma sifatida hokim örinbosarlari, maslahatçilari, bölinma rahbarlari va masʼul xodimlarga yetkazilmoqda.
Hokimlik apparatida qonunçilik hujjatlari va topşiriqlari ijrosi haqidagi maʼlumotlarni ijro muddati yakunlanişini kutmasdan elektron dasturga oldindan kiritib boriş masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Buxoro şahar hokimligi apparati masʼul xodimlari tomonidan har oyda bitta korxona va taşkilotlarida qonunçilik hujjatlari va topşiriqlari ijrosi maqsadli örganilmoqda.
2026-yilning 10 oyi (yanvar-oktabr) davomida şahar hokimligi apparatida ijro intizomining holati 82 marotaba muhokama qilingan.
2023-yil 21-noyabr kuni Prezidentimiz rahbarliklarida kengaytirilgan tarzda ötkazilgan videoselektor yiğilişida ijro intizomini mustahkamlaş böyiça berilgan topşiriqlardan kelib çiqib, har bir topşiriqqa “temir intizom” bilan jiddiy yondoşib, Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topşiriqlarini öz vaqtida, samarali hamda töliq bajarişda şahar hokimining örinbosarlari, şahar korxona taşkilotlar rahbarlarining roli hamda şaxsiy javobgarligini oşiriş çoralari körilib, sustkaşlikka yöl qöygan masʼul rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo çoralari körib borilmoqda.
2026-yilning noyabr oyi yakuniga qadar “edo.ijro.uz” tizimida dastlabki hisob-kitoblarga köra jami 520 ta hujjat va topşiriqlar şundan, 150 ta Prezident va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari nazorat rejasi, 302 ta kiruvçi hujjat va topşiriqlar hamda 68 ta jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlarining ijrosi muddati keladi.
Buxoro şahar hokimligi apparatida Prezident hujjatlari nazorat rejasi, topşiriqlar va murojaatlarni körib çiqişda belgilangan muddatlarni buziş holatlarini oldini oliş maqsadida barça bölimlar tomonidan hamkorlikda işlar taşkil etilib, joriy yil noyabr oyida muddati keladigan hujjatlar va topşiriqlarning kamida 60 foizini - 18 noyabrga qadar, kamida 90 foizini – 20-noyabrga qadar hamda 100 foizini – 25-noyabrga qadar töliq bajarilişi yuzasidan tizimli nazorat örnatiş belgilandi.
Buxoro şahar hokimligi boşqaruv apparatida Prezidentimizning hamda Vazirlar Mahkamasining topşiriqlari ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli taʼminlaş böyiça barça imkoniyatlar işga solinib, zaruriy çoralar körilmoqda.
I.Suvonov,
Buxoro şahar hokimligi apparati ijro intizomi nazorati böyiça boş mutaxassis
Buxoro şahar hokimligi apparati ijro intizomi nazorati böyiça boş mutaxassis
