Buxoro şahri mahallalaridagi yettilik a’zolari uçun öquv-seminar taşkil etildi
2026-11-09 16:45:00 / Yangiliklar

Seminarda Özbekiston Mahallalar uyuşmasi huzuridagi «Mahalla akademiyasi» direktori Mansur Bekmurodov, Özbekiston Mahallalar uyuşmasi viloyat boşqarmasi boşliği Şerzod Aşurov hamda Buxoro şahar IIO FMB boşliği Fayzulla Ismoilov va boşqalar iştirok etib, öz yönalişlari böyiça ma’ruzalar bilan qatnaşdilar.
Ma’ruzalar davomida mahalla yettiligi faoliyatini samarali taşkil etiş, aholi muammolarini xonadonbay örganiş, fuqarolar murojaatlari bilan işlaş, hududlarda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, ijtimoiy muammolarni barvaqt aniqlaş hamda ularga manzilli yeçim topiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, yettilik a’zolarining özaro hamkorligini mustahkamlaş, öz vazifalariga mas’uliyat bilan yondaşiş, aholi bilan muloqot madaniyatini oşiriş va mahalladagi mavjud muammolarni tezkor hal etiş borasida amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, faoliyat davomida yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan fikr va tajriba almaşdilar.
Bunday öquv-seminarlar mahalla yettiligi faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqiş, ularning bilim va amaliy könikmalarini mustahkamlaş hamda aholi muammolarini hal etişda samaradorlikni oşirişga xizmat qiladi.









