"Boğidaşt" va "Navbahor" mahallalarida obodonlaştiriş işlari jadal davom etmoqda
2026-11-06 18:10:00 / Yangiliklar

Loyihaning umumiy qiymati 19 milliard sömni taşkil etib, şundan 15 milliard sömi taşabbuskor mablağlari, 4 milliard sömi Respublika byudjeti hisobidan moliyalaştiriladi. Loyiha buyurtmaçisi «Mintaqaviy yöllarga buyurtmaçi xizmati» davlat unitar korxonasi hisoblanadi.
Loyiha doirasida hududda 25 dona manzarali dekorativ çiroq, 40 ta çiqindi qutisi, 50 ta zamonaviy örindiq, 35 ta kiçik arxitekturaviy dekorativ element va 30 kvadrat metr stella hamda boşqa manzarali dekorativ inşootlar örnatiladi. Şuningdek, 1 dona sun’iy favvora barpo etilib, hududning estetik qiyofasi va arxitekturaviy muhitini yanada yaxşilaş közda tutilgan.
Bundan taşqari, 800 metr masofada tuproq işlari amalga oşirilib, 1,6 kilometr brusçatka yotqiziladi, 1,6 kilometr piyodalar yölakçasi quriladi. Şu bilan birga, 1,6 kilometr masofada obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari bajariladi.
Loyihaning amalga oşirilişi natijasida aholiga körsatiladigan qöşimça xizmatlar hajmi 9,2 million sömni taşkil etişi, 30 ta yangi va kengaytiriladigan xizmat körsatiş hamda servis obyektlari taşkil etilişi, 60 ta yangi iş örni yaratilişi kutilmoqda. Şuningdek, loyiha hisobiga qöşimça yillik soliq tuşumlari 1,1 milliard sömga yetkazilişi rejalaştirilgan.
Mazkur bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlarini 2026-yil dekabr oyida töliq yakunlaş belgilangan. Loyiha natijasida mahallalarning zamonaviy qiyofasi şakllantirilib, yöl-transport va piyodalar infratuzilmasi takomillaştiriladi, aholi uçun qulay dam oliş maskanlari yaratiladi hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati yanada oşadi.









