Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini shakllantirishga qaratilgan trening yakunlandi
2026-11-06 09:45:00 / Yangiliklar

Treningning yakuniy tadbirida Buxoro shahar hokimining o‘rinbosari Feruz Xamroyev hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi viloyat filiali mas'ul xodimi Bahriddin Esanovlar ishtirok etdi.
Trening davomida ishtirokchilar mehnat jamoalarida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, psixologik xavfsizlikni ta’minlash, nizoli vaziyatlarni samarali hal etish hamda murojaatlarni xolis va maxfiylik tamoyillari asosida ko‘rib chiqish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Mashg‘ulotlar interaktiv usullar, amaliy keyslar va guruhli muhokamalar asosida tashkil etilib, ishtirokchilarning o‘zaro tajriba almashishi hamda kelgusida ushbu yo‘nalishda mustaqil treninglar o‘tkazish salohiyatini oshirishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Mazkur o‘quv dasturi mehnat jamoalarida sog‘lom, xavfsiz va o‘zaro hurmatga asoslangan ish muhitini shakllantirish, inson qadr-qimmatini ulug‘lash hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasidagi muhim amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.









