Hunarli ayol — oila farovonligi tayançi
2026-11-05 10:50:00 / Yangiliklar

Ana şunday taşabbuskor va hunarli ayollardan biri Çarmgaron köçasi, 36/1-uyda istiqomat qiluvçi Marjona Umarova. U avvaldan turli xil çoyşablar tikib, mahalladoşlarining hurmat va e’tiborini qozonib kelayotgan edi. Tinib-tinçimas, izlanuvçan va tadbirkorlikka iştiyoqi baland Marjona Umarova öz faoliyatini yanada kengaytiriş maqsadida 17 million söm miqdorida imtiyozli kredit olib, yangi hunar yönalişini yölga qöydi.
Endilikda u körpa, körpaça va yostiqlar, şuningdek, mato bölaklari, qirqimlar va quroqlardan turli xil yostiq hamda töşamalar tayyorlab, buyurtmaçilarga sifatli mahsulotlar yetkazib bermoqda.
Eng quvonarlisi, birgina imtiyozli kredit va ayolning intilişi orqali yangi imkoniyatlar eşigi oçildi. Bu esa hunar orqali daromad topiş, oila farovonligini oşiriş va öz mehnati bilan jamiyatda munosib örin egallaş mumkinligining yorqin namunasidir.




