Rasmiy munosabat
2026-11-01 14:30:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrining «Shayxolam» mahallasi, Fathobod ko‘chasi, 35-sonli uy atrofida «Namunali mahalla» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari sifati hamda elektr ta’minoti simlarining tartibsiz o‘tkazilgani yuzasidan tanqidiy murojaat e’lon qilindi.

Mazkur holat mas’ullar tomonidan o‘rganildi. Ayni vaqtda mahallada «Namunali mahalla» loyihasi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani aniqlandi.
O‘rganish davomida bildirilgan e’tirozlar hamda aniqlangan kamchiliklar mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazildi. Obodonlashtirish ishlari sifatini ta’minlash, elektr ta’minoti simlarini tartibga keltirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
Amalga oshirilayotgan ishlar sifatli va belgilangan talablar asosida yakunlanishi mas’ullar nazoratida bo‘ladi.

