Rasmiy munosabat
2026-10-29 22:05:00 / Yangiliklar
Buxoro shahridagi XBK hududida joylashgan 53-sonli avtobusning so‘nggi bekatiga olib boruvchi yo‘lning holati talab darajasida emasligi, yo‘l qoplamasini ta’mirlash va harakatlanish uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaat yo‘llangan.

Mazkur murojaatda ko‘tarilgan masala tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqiladi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, yo‘lning holatini yaxshilash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan tartibda tegishli dasturlarga kiritish orqali ta’minlanadi.
Fuqarolarning qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun yo‘l infratuzilmasini yaxshilash masalasi mas’ullar e’tiborida bo‘ladi.
