Rasmiy munosabat
2026-10-27 17:55:00 / Yangiliklar
Ushbu murojaat yuzasidan “Buxoro markaziy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati shuni yozib ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2020 yildagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2025 yildagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-246-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.07.2026 yildagi “Bozorlar va savdo komplekslarida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish hamda maishiy korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 358-son qarori qabul qilingan.
Mazkur Farmon va qarorlar ijrosini tashkil etish maqsadida, “Buxoro markaziy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati raqamlashtirildi hamda maishiy korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilib, “REALSOFT” mas’uliyati cheklangan jamiyatini “RAQAMLI BOZOR” axborot tizimidan foydalanib kelingan.
“Buxoro markaziy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyati Nazoratchi xodimlar tomonidan kunlik bir martalik yig‘imlarni jamiyat g‘aznasiga topshirilgan pullari va sun’iy intellekt tomonidan hisoblangan tofovutlar to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar “REALSOFT” mas’uliyati cheklangan jamiyatining “RAQAMLI BOZOR” axborot tizimidan olingan.
Shuning uchun, nazoratchi xodimi T.Shodmonovning murojaati yuzasidan “REALSOFT” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan sun’iy intellekt tomonidan hisoblangan tofovutlar to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, nazoratchi xodimi T.Shodmonovning murojaatida bozordagi dehqonlarni o‘zini-o‘zi band qilish orqali rasmiy guvohnoma olishi yuzasidan esa javoban, dehqonlarni o‘zini-o‘zi band qilish orqali rasmiy guvohnoma olishi “Buxoro markaziy dehqon bozori” aksiyadorlik jamiyatining vakolatiga kirmasligini ma’lum qilamiz.
