Rasmiy munosabat
2026-10-25 14:50:00 / Yangiliklar
Buxoro shahridagi yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olgan fuqarolarning uy-joy bilan bog‘liq muammolari yuzasidan yo‘llangan murojaat mas’ullar e’tiboriga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar xabardor qilingan bo‘lib, masala ularning nazoratida.
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, yuzaga kelgan muammolarga huquqiy baho berish hamda masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur masala mas’ul tashkilotlar nazoratida bo‘lib, uning ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
