Rasmiy munosabat
2026-10-28 19:30:00 / Yangiliklar
“Овози тоҷик” gazetasining 2026-yil 28-oktabrdagi 86-sonida “Az zanghoi bejavob to ma’lumoti nodurust” (“Javobsiz qo‘ng‘iroqlardan tortib noto‘g‘ri ma’lumotlargacha”) sarlavhasi ostida e’lon qilingan maqolada ishonch telefonlari faoliyati o‘rganilib, Buxoro shahar hokimligiga tegishli +998 65 221-00-81 raqamli ishonch telefoni ishlamayotgani qayd etilgan.

Mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Buxoro shahar hokimligining +998 65 221-00-81 raqamli ishonch telefoni belgilangan tartibda faoliyat yuritadi. Ushbu telefon raqami hokimlikning rasmiy veb-saytida ham e’lon qilingan: https://gov.uz/oz/buxoroshahar
Ayni paytda hokimlikning yangi ma’muriy binoga ko‘chirilishi bilan bog‘liq tashkiliy-texnik ishlar sababli ishonch telefoniga ayrim muddatlarda qo‘ng‘iroqlarga javob berish imkoniyati cheklangan.
Yuzaga kelgan holatni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. Muammo qisqa muddatda bartaraf etilishi va ishonch telefonining uzluksiz ishlashi ta’minlanishini ma’lum qilamiz.
