Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-10-22 16:45:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibidan shahar hayotining muhim yo‘nalishlariga oid qator masalalar o‘rin oldi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasining 2026-yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha axboroti tinglandi. Shuningdek, Buxoro shahridagi geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada Buxoro shahar prokuraturasining 2026-yilning 9 oyi davomida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan axboroti tinglandi. Bundan tashqari, Buxoro shahrida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar ichki ishlar organlarining hisoboti ko‘rib chiqildi.
Shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27-moddasiga muvofiq, Buxoro shahar mahalliy budjetining 2026-yil 9 oylik daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi masala ham kun tartibidan o‘rin oldi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ishtirokchilarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.









