"Hamid Olimjon" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
2026-10-21 17:15:00 / Yangiliklar

O‘rganish davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish orqali aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahalla ko‘chalari va jamoat joylarini obodonlashtirish, hududda tozalik va tartibni ta’minlash, aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish yuzasidan fikr va takliflar muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida mahallani kompleks rivojlantirish, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi. Asosiy maqsad mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiy faollikni oshirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishdan iborat.


