Buxoro shahrida turizm rivoji va aholi bandligiga xizmat qiluvchi yangi loyiha
2026-10-17 13:40:00 / Yangiliklar

Xususan, mahallaning Namozgoh ko‘chasida joylashgan “Shamsobod Hotel” mehmonxonasi hududda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalardan biri hisoblanadi. 11 ta xonadan iborat bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida 22 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega mazkur mehmonxona sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda shaharning turistik jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Loyihaning muhim jihatlaridan biri shundaki, mehmonxona faoliyati natijasida yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bu esa mahalliy aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish va oilalar farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shadi.
Mazkur tashabbus xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahallada iqtisodiy faollikni oshirish hamda Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi va turistik imkoniyatlarini keng targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasidir.
"Hamid Olimjon" mahallasida tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, istiqbolli loyihalarni ro‘yobga chiqarish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Zero, har bir yangi loyiha hudud taraqqiyoti, aholi farovonligi va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.








