"Guliston" mahallasidagi “Gazlishox” ko‘chasining 1,5 km qismida bunyodkorlik ishlari boshlandi
2026-10-16 17:40:00 / Yangiliklar

Loyiha doirasida hudud infratuzilmasini yaxshilash, ko‘chalarni obodonlashtirish, aholi va mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan. Xususan, hududga 75 dona manzarali dekorativ chiroq, 50 ta chiqindi qutisi, 50 dona o‘rindiq, sun’iy favvoralar va turli dekorativ elementlar o‘rnatiladi. Shuningdek, 1,5 kilometr bruschatka yo‘lagi, velosiped yo‘lagi va piyodalar yo‘lakchalari barpo etilib, hududni ko‘kalamzorlashtirish hamda yo‘l qoplamasini yangilash ishlari amalga oshiriladi.
Umumiy qiymati 21,1 milliard so‘m bo‘lgan loyiha amalga oshirilishi natijasida 39 ta yangi xizmat ko‘rsatish obyekti tashkil etilishi va 80 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Ayni paytda qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlangan bo‘lib, ularni qisqa muddatlarda yakunlab, hududni aholi foydalanishi uchun qulay, zamonaviy va obod maskanga aylantirish choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur loyiha "Guliston" mahallasining qiyofasini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi uchun tun-u kun xizmat ko‘rsatadigan zamonaviy muhit yaratishga xizmat qiladi.









