Ayollar tadbirkorligi — oila farovonligi va bandlikni ta’minlash omili
2026-10-16 10:10:00 / Yangiliklar

Ana shunday tashabbuskor va tadbirkor ayollardan biri Buxoro shahridagi «Havzi-nav» mahalla fuqarolar yig‘ini, Beruniy ko‘chasi, 10/12-uyda istiqomat qiluvchi Ma’rifatdir Hikmatova.
Ma’rifat Hikmatovaga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish maqsadida 33 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Ushbu moliyaviy ko‘makdan samarali foydalangan tadbirkor ayol bugungi kunda pishiriqchilik va turli xil salatlar tayyorlash yo‘nalishida o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli olib bormoqda.
E’tiborlisi, Ma’rifat Hikmatova nafaqat o‘z oilasi uchun barqaror daromad manbaini yaratishga erishdi, balki to‘rt nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlab, ularning ham daromad topishiga imkoniyat yaratdi. Bu esa xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash nafaqat bir oilaning farovonligiga, balki aholi bandligini oshirish va mahallada iqtisodiy faollikni kuchaytirishga ham xizmat qilishining yorqin namunasidir.
Ma’rifat Hikmatova bilan suhbat davomida u o‘ziga va u kabi xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va ko‘makdan mamnunligini ta’kidladi:
«Men va men kabi ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va amaliy yordamdan behad xursandman. Ana shu imkoniyatlar tufayli o‘z qobiliyatim va tadbirkorlik salohiyatimni ro‘yobga chiqarishga erishdim. Eng muhimi, halol mehnat qilib, daromad topish, oilamga yordam berish va xonadonimizning turmush sharoitini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘ldim, — deydi Ma’rifat Hikmatova.
Darhaqiqat, Ma’rifat Hikmatova kabi tashabbuskor ayollar misolida xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va oilalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning hayotiy ahamiyatini ko‘rish mumkin.







