Yoshlar bilan ochiq muloqot: muammo va takliflar tinglandi
2026-10-08 18:05:00 / Yangiliklar

Navbatdagi uchrashuvda Buxoro shahar hokimining o‘rinbosarlari Feruz Xamroyev va Gulhayo Haydarova ishtirok etib, 50 nafar yosh bilan ochiq va samimiy muloqot qildi.
Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini erkin bayon qildilar. Murojaatlarning asosiy qismi yoshlarni ish bilan ta’minlash, bandligini oshirish, munosib daromad manbalarini yaratish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud biznesini rivojlantirish uchun amaliy ko‘mak olish masalalariga qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning kasb-hunar egallashi, o‘z qiziqish va salohiyatiga mos faoliyat bilan shug‘ullanishi, yangi loyihalarni amalga oshirishi hamda tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi bo‘yicha fikr va takliflari tinglandi.
Bildirilgan har bir murojaat alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilib, masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yoshlar bilan bunday ochiq muloqotlar — muammolarni joyida aniqlash, ularga tezkor va amaliy yechim topish, eng muhimi, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.









