Rasmiy munosabat
2026-08-30 09:55:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda 3-sonli ko‘p tarmoqli poliklinika binosi buzilayotgani va bunga sabab nima ekanligi haqida savollar bildirilgan.
Mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan 3-sonli ko‘p tarmoqli poliklinika binosining mavjud quvvati aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ehtiyojlarini to‘liq qamrab olish uchun yetarli emas.
Shu sababli mazkur hududda aholiga zamonaviy, qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida mavjud bino o‘rnida zamonaviy, ko‘p qavatli poliklinika binosini qurish rejalashtirilgan.
Yangi poliklinika zamonaviy tibbiy infratuzilma va zarur shart-sharoitlar bilan jihozlanib, aholiga yanada sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Qurilish ishlari yakunlangach, yangi poliklinika qisqa muddatlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
