Texnikumlarda kasbiy ta’lim sifati va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
2026-09-19 16:15:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida kasbiy ta’lim sifati, dual ta’lim tizimi, amaliy mashg‘ulotlar, zamonaviy o‘quv-laboratoriya bazasi, ishlab chiqarish amaliyoti hamda o‘quvchilarning mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va mutaxassisliklarni egallashi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullar tomonidan texnikumlarda yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.
Shuningdek, mutasaddilar yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning ta’lim olish, kasb egallash, amaliyot o‘tash va kelgusidagi kasbiy faoliyatiga oid taklif hamda fikrlarini tingladilar.
Tashrif yakunida ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini yanada takomillashtirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda yoshlar uchun munosib shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.









