Imkoniyatdan — muvaffaqiyat sari
2026-09-14 18:50:00 / Yangiliklar

Bunday tashabbuslar nafaqat xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga, balki ularning o‘z kuch va qobiliyatlariga bo‘lgan ishonchini oshirish, yangi kasb-hunarlarni egallash va mahallaning ijtimoiy muhitini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
"Shaftolizor" ko‘chasi, 8-uyda istiqomat qiluvchi Nodira Yusupova ham ana shunday fidoyi va tashabbuskor ayollardan biri. Nodira opa 10 yildan ortiq vaqt davomida mehnat migratsiyasida faoliyat yuritgan. Vatanga qaytgach esa, o‘z qiziqishi va mehnati orqali tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, mahalladoshlariga sifatli xizmat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Tinib-tinchimas, izlanuvchan va hunar o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi baland Nodira Hasanovna o‘z faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida 30 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, yangi hunar turini egallashga bel bog‘ladi.
Bugungi kunda u farzandlari bilan birgalikda zargarlik san’ati bilan shug‘ullanib, kumush, oltin va boshqa qimmatbaho metallardan turli xil zamonaviy va milliy uslubdagi zargarlik buyumlarini tayyorlamoqda. Tayyorlanayotgan mahsulotlar o‘z xaridorlari va buyurtmachilariga yetkazib berilmoqda.
Nodira opaning hayot yo‘li va mehnat faoliyati har qanday sharoitda ham inson o‘z ustida ishlasa, yangi kasb-hunarni egallasa va imkoniyatlardan unumli foydalansa, albatta, yaxshi natijalarga erisha olishining yaqqol namunasidir.






