Buxoroda “Mirana Boutique Hotel” mehmonxonasi faoliyat boshladi
2026-09-14 17:05:00 / Yangiliklar
Buxoro shahrida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va sayyohlar uchun joylashtirish xizmatlarini kengaytirishga qaratilgan navbatdagi loyiha — “Mirana Boutique Hotel” mehmonxonasi o‘z faoliyatini boshladi.

Yangi mehmonxona mehmonlarga zamonaviy qulayliklar, shinam muhit hamda sifatli xizmatlarni taklif etadi. 16 ta xonaga ega bo‘lgan mehmonxona bir vaqtning o‘zida 32 nafargacha mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega.
Loyihaning amalga oshirilishi natijasida 8 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu esa mahalliy aholi bandligini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sohasida yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishga xizmat qilmoqda.
“Mirana Boutique Hotel” mehmonxonasining faoliyat boshlashi viloyatning turizm salohiyatini oshirish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlarni kengaytirish hamda turizm xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladigan navbatdagi muhim qadamdir.







