Rasmiy munosabat
2026-09-11 16:00:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tamoqlarda 5-son Musiqa maktabi (mo‘ljal: “Semurg”) hududida uzoq muddat davomida saqlanib qolgan qum uyumi hamda chiqindilar yuzasidan bildirilgan murojaat o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida ko‘rsatilgan hududda tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Qum uyumi, qurilish qoldiqlari hamda hududda to‘planib qolgan maishiy chiqindilar maxsus texnikalar yordamida olib chiqildi va atrof to‘liq tartibga keltirildi.

