“Sharq Yulduzi” mahallasida to‘liq xatlov o‘tkazilib, dolzarb masalalar o‘rganildi
2026-09-11 16:55:00 / Yangiliklar

Xatlov davomida mahalladagi aholi xonadonlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandlik masalalari, kambag‘allikni qisqartirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahallada Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati, ko‘p qavatli uylarning holati, uy-joy va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar ham o‘rganilib, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Bugungi kunda “Sharq Yulduzi” mahallasida 4 406 nafar aholi, 1 189 ta xonadon, 1 232 ta oila mavjud. Jami 60 ta ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila mavjud. Shundan, 34 ta oila kambag‘al oilalar, 24 ta oila davlat ta’minotidagi oilalar, 2 ta oila kambag‘allik chegarasidagi oilalardir.
Mahalla hududida jami 33 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, ularning atrofini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xatlov yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni manzilli hal etish, kambag‘al va davlat ta’minotidagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, hududni obodonlashtirish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Asosiy maqsad — har bir xonadon holatini chuqur o‘rganish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va fuqarolar murojaatlarini amaliy natija bilan hal etishdan iborat.








