Hunar ortidan kelayotgan farovonlik
2026-09-09 18:05:00 / Yangiliklar
Yurtimizda xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buxoro shahridagi “Havzi-nav” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, “Ayollar daftari”ning 7-bosqich 2-toifasiga kiritilgan Urazova Zarnigor bu imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan xotin-qizlardan.
U bir necha yildan buyon zarduzlik bilan shug‘ullanib keladi. Buyurtmalar soni ortib, faoliyatini kengaytirish istagi paydo bo‘lgach, unga Xalq banki tomonidan 50 million so‘m kredit ajratildi.
Ayni paytda Zarnigor Urazova 5 nafardan ortiq shogirdga zarduzlik sirlarini o‘rgatib, oyiga 5–7 million so‘m sof daromad olmoqda.
Zarduzlik orqali oilasi daromadini oshirayotgan tadbirkor ayol ustoz-shogird an’anasini davom ettirib, yoshlarni kasbga o‘rgatishga ham munosib hissa qo‘shmoqda.






