Qurbon Tursunov tadbirkorlar bilan uchrashdi
2026-09-07 09:55:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Botir Zaripovning 4-sentabr kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazgan onlayn muloqoti davomida Buxoro shahridagi bir guruh tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida bugun, 5-sentabr kuni Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislar ishtirokida "N.Ganjaviy" mahallasi, "S.Ayniy" ko‘chasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan joyiga chiqib uchrashdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarning murojaat va takliflari birma-bir tinglanib, mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Shahar hokimi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, biznes yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ularni qiynayotgan masalalarni hal etish ustuvor vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.
Muloqot yakunida murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan muddat belgilandi.







