Rasmiy munosabat
2026-09-01 19:50:00 / Yangiliklar
Buxoro shahri 6-mikrorayon, T. Farag‘iy ko‘chasi, 69-uy atrofidagi piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetofor o‘rnatish bo‘yicha bildirilgan murojaat o‘rganib chiqildi.

Mazkur hududda avtotransport vositalari va piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib boriladi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, ushbu hududda svetofor o‘rnatish zarurati mavjudligi aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
