Buxoro shahridagi 27-umumta'lim maktabi zamonaviy qiyofa kasb etmoqda
2026-08-05 10:50:00 / Yangiliklar

Qurilish-ta'mirlash ishlari “Kapital Sifat Qurilish Fayz” MCHJ tomonidan olib borilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 16 milliard so‘mni tashkil etadi. Ta'mirlash jarayonida energiya tejamkor qurilish materiallari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda. Natijada maktabning tashqi fasad qismi to‘liq yangilanib, sinf xonalari zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilinadi. Bu esa o‘quvchilar uchun qulay, yorug‘ va shinam ta'lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida nafaqat bino, balki maktab hududidagi sport infratuzilmasi ham tubdan yangilanmoqda. Xususan, sun'iy qoplamali futbol stadioni, workout maydonchasi, shuningdek, voleybol va basketbol maydonlari barpo etilmoqda. Mazkur bunyodkorlik ishlari o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ta'lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ta'mirlash ishlari yakunlangach, 27-umumta'lim maktabi zamonaviy, energiya samarador va barcha qulayliklarga ega ta'lim maskaniga aylanadi.









